XOTIRA – HURMAT VA EHTIROM RAMZI
Xalqimizga ikkinchi jahon urushi va fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan insonlarga ehtirom ko‘rsatish anʼanaga aylanib qolgan. Xususan, joriy yilning 24 aprel kuni Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari 1925 yilda tug‘ilgan bugungi kunda Bektemir tumani Barhayot ko‘chasida umrguzaronlik qilib kelayotgan Madusmonov Abduvaxob ota xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldilar. Bu eʼzoz qonli janggohlarda bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun kurashgan nuroniy otaxonni ko‘nglini xushnud etdi.
Tashrif so‘ngida faxriy otaxon qo‘lini duoga ochib, avvalo yurtimiz tinchligi bardavom bo‘lib, salomatlik hukmron bo‘lishini, farovonlik, go‘zal hayotga, mehr-oqibatli, saxovatli xalqimizga ko‘z tegmasligini tiladilar.