XOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT
Milliy Gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tomonidan 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida o‘z jonini ayamay, xizmat vazifasini bajarish vaqtida haqiqiy fidoyilikni namoyon etib halok bo‘lgan X.Suyunovning oila aʼzolari holidan xabar olindi. Qahramon yigit xotirasi yodga olinib, ruhi mangu orom olishi uchun duo qilindi.
Tashrif davomida marhumning yaqinlariga taskin berilib, harbiy xizmatchining oila aʼzolari uchun ajratilgan pul mablag‘lari qonuniy merosxo‘riga topshirildi.