Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yakkasaroy tumanida qidiruvda bo‘lgan surxondaryolik fuqaro qo‘lga olindi.

Joriy yilning 27 mart kuni soat 22:23 da Yakkasaroy tumani “Qo‘riqlash” bo‘limiga mazkur tumanda joylashgan “Korzinka Rakat” supermarketiga tashrif buyurgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan qidiruv eʼlon qilingan shaxsga o‘xshashligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xodimlar yuqorida ko‘rsatilgan manzilga zudlik bilan yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu shaxs qo‘lga olingan. Shundan so`ng, Yakkasaroy tumani IIO navbatchilik qismiga o‘rnatilgan tartibda topshirilgan.

Dastlabki tezkor surishtiruv natijasida ushbu shaxs Boysun tumani IIB tomonidan 2018 yil sentyabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash) bilan ayblanib, qidiruvda bo‘lgan 41 yoshli fuqaro I.I ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Yakkasaroy tuman IIB tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech