Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiylar oilasi” musobaqasi Toshkent viloyati bosqichi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari oila a’zolarining jismoniy salohiyatini rivojlantirish va harbiylarning oilalaridagi sog‘lom muhitni yaratish, sportni kundalik hayotda ommalashtirish maqsadida harbiy qismda faoliyat ko‘rsatayotgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonning sportchi harbiylar oilasi” shiori ostida ilk marotaba o‘tkazilayotgan musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Maqsad harbiylar va ularning oila aʼzolarini sportning ommaviy turlariga qiziqtirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishdan iborat. Musobaqada, safdoshlari orasida hurmat qozongan, farzandlari turli sport musobaqalarida yutuqlarga erishgan, har tomonlama salohiyatli bo‘lgan 5 ta oila ishtirok etishdi.

Keskin kurashlar ostida oʻtgan musobaqa, avvaliga oson ko‘ringan boʻlsada lekin farzandlaridan epchillik va tezkorlikni talab etgan birinchi shartni barcha ota-onalar hayajon bilan kuzatib borishdi.

Musobaqa nizomiga koʻra, sportchi oilalar chaqqonlik, epchillik, merganlik va kuchlilikni namoyish etuvchi shartlarni bajarib, oʻz iqtidor va va isteʼdodlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech