“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Poytaxtimizdagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, mahalla yoshlari, Temurbeklar maktabi o‘quvchilari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari ishtirokida “ Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlari hamda faxriylar kengashi aʼzolari, shuningdek Harbiy prokuratura vakillari ishtirokida yoshlar bilan turli mavzulardagi qiziqarli va ochiq muloqot ostida bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘quvchilarga o‘zlarining boy hayotiy tajribalarini so‘zlab berdi. Bolalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaatlar qilib, ko‘plab tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan maʼlumotlarni olishdi.
Qizg‘in suhbatlarga boy bo‘lgan uchrashuv alohida namunali ko‘rgazmali harbiy orkestrining vatanparvarlik ruhidagi kuy qo‘shiqlari bilan yana-da mazmunli o‘tdi.