Yangi yil arafasida Milliy gvardiya qoʻmondoni poytaxtimizning Sergeli va Uchtepa tumanlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda faxriylarining holidan xabar olib, bayram munosabati bilan yoʻllangan Prezident tabrigini oʻqib eshittirdi.
Bugun Milliy gvardiya qoʻmondoni R.Djurayev, Sergeli tumani hokimi E.Shukurov, qoʻmondon oʻrinbosarlari hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirokida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari boʻlgan 84 yoshli Malseva Svetlana Petrovna, 83 yoshli Askarov Ravil Nazarovich, 85 yoshli Ananeva Nina Antonovna va Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 82 yoshli Burikin Anatoliy Ivanovichlar holidan xabar olinib, bayram munosabati bilan yoʻllangan Prezident tabrigi oʻqib eshittirildi. Shuningdek, ikki million soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti va esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.
Qorbobo kiyimidagi Milliy gvardiya harbiy orkestri jamoasi faxriylarimiz, mahalla aholisi va yoshlarga bayramona kayfiyat ulashdi.