YANGI O‘ZBEKISTON YoSHLARI, BIRLASHAYLIK
Navoiy shahrida joylashgan 12-sonli IDUM bitiruvchilari bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Vatan taqdiri mening taqdirimda” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Ushbu seminar-trening shahar Yoshlar ittifoqi Kengashi raisi boshchiligida Milliy gvardiya, shahar prokuraturasi va Mudofaa ishlari bo‘limi mutasaddi rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda mamlakatimiz qonunchiligida bo‘layotgan o‘zgarishlar, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan maʼruzalari bilan qatnashdilar. Seminar savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.
Ushbu tashkil etilgan seminar-trening yoshlarning huquqiy savodxonligini boyitish bilan birga ularning qalbida vatanparvarlik, qonunlarga hurmat hissini uyg‘otishga xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.