YANGI MUTAXASSISLAR TAYYORLANDI
Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirgan o‘quv markazining “Mutaxassislarni tayyorlash kursi”larida tahsil olgan Milliy gvardiya, Ichki Ishlar Vazirligining Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha va Qorovul qo‘shinlari hamda Mudofaa Vazirligi bo‘linmalari mutaxassislarining bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Kurs davomida tinglovchilarga Markaz o‘qituvchilari tomonidan harbiy xizmatchilarning mutaxassisliklari bo‘yicha o‘q otish, albanlik ishg‘ol, ruhiy-jismoniy, jismoniy, aloqa, razvedka, maxsus taktik hamda harbiy muhandislik tayyorgarligi fanlaridan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi hamda ular xizmat faoliyatlari davomida kerak bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Ushbu kurslar davomida Milliy gvardiya Qo‘mondonining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Moddiy-texnik taʼminoti” siklida birinchi marotaba Zirhli texnika haydovchilarini tayyorlash kurslari tashkil etilib, unda tinglovchilari bilan amaliy mashg‘ulotlar bilan birga texnikalarga xizmat ko‘rsatish usullari hamda amaliy jangovar texnikalarni haydash o‘rgatildi.
Shuningdek, zirhli texnikalarga xizmat ko‘rsatish va ularni taʼmirlashni o‘rganish jarayoni bevosita “Zirhli texnikalarni taʼmirlash” zavodida amalga oshirildi, bu o‘z o‘rnida tinglovchilarda kerakli ko‘nikmalar ega bo‘lishini taʼminladi.
O‘quv kurslari yakunida Markaz o‘qituvchilari tomonidan nazariy va amaliy tayyorgarlik natijalari bo‘yicha yakuniy majmuaviy sinovlar qabul qilindi.
Shundan so‘ng, Markaz “Mutaxassislarni tayyorlash kursi”da tahsil olgan harbiy xizmatchilarning bitiruviga bag‘ishlangan tadbiri bo‘lib o‘tdi.