Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

YANGI YILNING ILK KUNLARIDA, QASHQADARYO VILOYATIDAGI MILLIY GVARDIYA BOSHQARMASI HUDUDIDA  OT SPORTI MAJMUASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

 

Joriy yilning 5 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatidagi Milliy gvaardiya boshqarmasi hududida zamonaviy tartibda bunyod etilgan ot sporti majmuasining tantanali ravishda ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda, Bosh prokuror o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori  Sh.Uzoqov,  Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari S. Mamayusupov, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari  K. Abdijalilov, hududiy boshqarma boshliqlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilning 05 avgust kunidagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5212-sonli qarorida, Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalarida ot sporti seksiyalari faoliyatini tashkil etish masalasi vazifa qilib belgilangan edi. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida, zamonaviy turdagi ot sport majmuasi qurilib, viloyatda ot sportini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida, bugun ushbu ot sport majmuasi foydalanishga  topshirildi.

Bu yerda xizmat otlari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish va ularni boqish hamda parvarishlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.                     

Endilikda ushbu ot sport majmuasida, haftaning har seshanba va juma kunlari ot sportining murabbiylari tomonidan, viloyat yoshlarini ot sportiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, doimiy ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazib boriladi.    

Tashkil etilgan ushbu tadbir davomida, “Kamondan o‘q otish” sporti turi  bo‘yicha nishonga aniq otish mashg‘ulotlari, xizmat itlaridan foydalanish usullari hamda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.  

Tadbirda ishtirok etgan yoshlarga, Yurtimizda bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, yaratilgan barcha shart-sharoitlardan unumli foydalanishlari, har bir yigit-qiz jamiyatda o‘z kasbining ustasi bo‘lib yetishishi, milliy arimiyamizning kuch qudrati va salohiyati haqida tushuncha va tavsiyalar berildi. Shuningdek shu yerning o‘zida rahbar va yoshlar uchrashuvi ham tashkil etilib, yoshlarning fikr va mulohazalari tinglandi. Yoshlarning qiziqtirgan savollariga soha mutasaddilari tomonidan javoblar berilib, ularning bilim va ko‘nikmalarini yana-da oshirish maqsadida,   zaruriy kitob to‘plamlari va esdalik sovg‘alari topshrildi.

Bu kabi harbiy vatanparvarlik ruhidagi tadbirlarni tashkil etish, yoshlarning tafakkurida  yurtga sadoqat va ona vatanga muhabbat tuyg‘usini yana-da shakllanishiga xizmat qiladi.

Text to speech