YASHASh XONADONIDA GIYOXVAND MODDASI SAQLAB KELAYOTGAN SHAXSLAR ANIQLANDI
Jizzax viloyati hududida Milliy gvardiya, IIB va DXX xodimlari hamkorligida “Zarbdor oyligi” tezkor-profilaktik tadblari o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur tadbir Jizzax shahri, Sh.Rashidov, Zarbdor, Zafarobod, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlari hududida noqonuniy giyohvand moddalarini saqlash va o‘tkazish bilan shuningdek, sovuq qurol va o‘tkir tig‘li jismlarni noqonuniy olib yuruvchi va saqlovchi shaxslarni aniqlashga qaratilgan.
Tadbir davomida olingan xabarga ko‘ra Mirzacho‘l tumani “Do‘stlik” MFY da yashovchi 1960 y.t. fuqaro M.J. ning yashash xonadonidan qog‘oz qutiga solingan 2 dona polietilen paketda bo‘lgan yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, maydalangan o‘simlik aralashmasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olindi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasida, tarkibida giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan ushbu modda “marixuana” ekanligi va sof og‘irligi 50,8 grammga teng ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Shuningdek, Baxmal tumanida davom ettirilgan tadbir davomida “Novqa” MFY da yashovchi 1977 y.t. fuqaro K.O. yashash xonadonida 23 dona yelim idishlarda “kannabis” o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu o‘simliklar xolislar ishtirokida, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Do‘stlik tumanida esa “Qaxramon” MFY da yashovchi 1973 y.t. fuqaro Sh.I.ning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, molxonasining tom qismi devorining orasida o‘zidan o‘tkir hid chiqaruvchi, qo‘ng‘ir rangli, qora polietilen paketga solingan, giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simlik maydasini quritilgan holda saqlab kelayotganligi, shuningdek xonaning tom va devor qismlarining orasiga daftar parchasiga qadoqlangan, qora rangli paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, qo‘ng‘ir rangli, giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simlik maydasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida elektron tarozida nazorat tartibida tortib ko‘rilganda 466 gramm ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha tegishli tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.