«YASHIL MAKON» UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA NIHOL QADASH AKSIYASI DAVOM ETMOQDA
Ayni kunlarda Farg‘ona viloyatida “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi, Alohida batalyon va shahar-tuman qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan Farg‘ona viloyatining barcha tumanlarida hafta davomida jami 3000 mingdan ziyod manzarali ko‘chatlar o‘tqazilgan bo‘lib, ushbu tadbirlarga 1000 dan ziyod harbiy xizmatchi va xodimlar jalb etildi.