Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

O‘quvchi yoshlarni vatanga muhabbat, harbiy burchga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy gvardiya tizimida xizmat qilishga qiziqtirish va bosqichma-bosqich tayyorlab borish maqsadida Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi va Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi hamkorligida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada Milliy gvardiyaga biriktirilgan 56 ta umumtaʼlim maktablarining harbiy vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflari o‘rtasida musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘kuvchi-yoshlardan tashkil topgan yaʼni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hamda ilk marotaba istisno tariqasida Baxt shahrida joylashgan respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasidan jami 15 ta jamoalar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Uch kun davomida o‘tkazilgan musobaqaning ochilish marosimida barcha jamoalar ochiq osmon ostida saf tortishdi. O‘quvchilar bellashuv shartlari bo‘yicha bahslarga kirishib jismoniy, jangovor va bilim jihatdan qanchalik tayyogarlikka ega ekanliklarini namoyish etdilar.

Ular jamoani tanishtirish, bilimdonlar bellashuvi, zaharlangan hududdan o‘tish, o‘q-dorilarni belgilangan joyga yetkazish va o‘kdonga joylash, kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, 400 metrga estafeta, suvli to‘siq ustidan o‘tish, turnikda tortilish, saf tayyorgarligi kabi shartlarni bajarishdi.

O‘quvchilarning ko‘rsatkichlari hakamlar hayʼati tomonidan holis baholab borilib, musobaqa g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra 3-o‘ringa Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 2 o‘rinni Namangan viloyati jamoasi egalladi va 1-birinchi o‘ringa Navoiy viloyati jamoasi munosib deb topildi.

 Tantanali taqdirlash marosimida g‘olib jamoalarga musobaqa medali, kubok, faxriy yorliq hamda hamkor tashkilotlarning sovg‘alari, kopyuter jamlanmasi va birinchi o‘rin egalariga velosipedlar topshirildi.

Tadbir so‘ngida harbiy orkestor, faxriy qorovul bo‘linmasi chiqishlari hamda kuy-qo‘shiqlar yoshlar uchun havola etildi.

So‘zimiz yakunida bu yoshlarning aql zakovatini, shijoati, mardlik va jasurligini ko‘rib haqiqiy gvardiyachilar izdoshlari yetishib kelayotganligini ishonch bilan aytaolamiz.

Text to speech