Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi va Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktablari negizida “Yosh gvardiyachilar” sport maktablari tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 2 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi “ “Yosh gvardiyachilar” bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 50-son qarorni qabul qildi.

Mazkur hujjat Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-son Farmoniga muvofiq qabul qilindi.

“Yosh gvardiyachilar” bolalar va o‘smirlar sport maktablari ikkita sport maktablari negizida: Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi filialida tashkil etilmoqda. Maktablar Milliy gvardiya tizimiga kiradi va yuqoridagi ikkita maktab uchun belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

Sport maktablarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
• yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni sog‘lom turmush tarziga targ‘ib etish va sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlarini tashkil etish;
• notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Milliy gvardiya uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlashda ko‘maklashish;
• o‘quvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun xorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish.

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
• sport maktablari faoliyati Vazirlar Mahkamasining «Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida» 2010 yil 23 sentyabrdagi  211-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
• sport maktabi direktorini lavozimga tayinlash Turizm va sport vazirligi bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi;
• sport maktablari o‘quvchilarining mashg‘ulot davriga xalaqit bermagan holda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlariga sport maktablarining sport inshootlaridan foydalanishi uchun ruxsat beriladi.

Text to speech