YoSHLAR OT SPORTI O‘YINLARIDA FAOL
Joriy yilning 13 sentyabr kuni Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanida uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Ot ustida kurash” hamda “Olomon poyga” milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ot jilovini mahkam tutgan holda muvozanatni saqlab, bor kuch va shijoati bilan raqibni otning ustidan yiqitish yoki belgilangan hududdan chiqarib tashlash juda murakkab vazifadir. Qizg‘in kechgan bellashuvlarda yoshlarning chapdastligi, mahorati sinovdan o‘tkazilib, vohalik nomdor chavandozlar tomonidan ularning harakatlari baholanib borildi.
Shuningdek, ot poygasi ham yana-da shiddatli va zavqli bo‘ldi. Musobaqa yakunida, bahslarda g‘olib bo‘lgan chavandozlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Aytish kerakki, yoshlarni mazkur musobaqalar orqali chavandoz-polvonlar etib tarbiyalash, ularni milliy va zamonaviy ot sporti turlariga qiziqtirish muhim ahamiyatga ega.