Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"YOSH GVARDIYACHI”LAR TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Xalq ta'limi va yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining birinchi bosqichi o‘tkazildi.
Unda Marg‘ilon shahrida joylashgan 1-sonli mehribonlik uyidan
“Yosh gvardiyachilar” jamoasi; Qo‘qon shahrida joylashgan 12-sonli mehribonlik uyining “Sher yuraklar” jamoasi; Namangan shahrida joylashgan 26-sonli mehribonlik uyining “Temurbeklar” jamoasi; Andijon shahrida joylashgan “Bolalar shaharchasi”ning “Arslonlar” jamoasi ishtirok etishdi. Jamoalar 6 ta shart ya'ni:
- bilimdonlar bellashuvi
- o‘q-dorilarni belgilangan joyga yetkazish va o‘qdonga joylash
- Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish
- birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
- estafeta 4 x 100
- turnikda tortilish kabi shartlar bo‘yicha bahslashishdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi,
Qizg‘in va bahsli lahzalarga boy bo‘lgan musobaqada umumiy hisobda 3-o‘rinni Andijon va Namangan viloyatlari vakillari olgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Qo‘qon va faxrli birinchi o‘rinni Marg‘ilon shahrida joylashgan 1-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Ishtirokchi jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bu kabi maqsadli tadbirlar davomiyligi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, harbiy xizmatga qiziqtirish, yoshlarda jasurlik, shijoat, jasorat va boshqa tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Text to speech