Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yoshlar bilan “Davlatimiz ramzlari ezgu qadriyatlar timsoli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Davlat ramzlari bizni yurtimiz tinchligi, vatanimiz ravnaqi yo‘lida birlashtirib, mamlakatimiz mustaqilligini hamisha ko‘z qorachig‘iday asrashga, buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lishga, yuksak ishonch va qatʼiyat bilan kelajakka qadam tashlashga daʼvat etib turibdi. Davlat ramzlari – bayroq, gerb, madhiyamizda buyuk o‘tmish va yuksak madaniyatga ega bo‘lgan xalqimizning shon-sharafi, g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va kelajak sari intilishlari mujassamdir. Mana shu ramzlarni eʼzozlash orqali biz o‘z qadr-qimmatini, o‘z mamlakatimiz istiqboli, demakki, o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaymiz.  

  Bu yangi O‘zbekistonni bunyod etishga sidqdildan intilayotgan mardona xalqimiz bayrami, bu-o‘z ilmi, kasb kori, fidoyiligi bilan buyuk ajdodlarga mos ravishda qadam tashlashga intilayotgan Vatanning o‘ktam yoshlari bayrami. Bu - bir butun Vatanga aylangan O‘zbekistonliklar bayrami!

Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi. Shu boisdan respublikamiz bo‘ylab mazkur sanaga bag‘ishlab turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Bugun 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosida madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlis Senati vakili va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi do‘stlik mehnati shuxrati ordenlari sohibasi - shoira Zulfiya Mo‘minovalar tashrif buyurishdi.

So‘zga chiqqan ustoz ijodkorlar yoshlarga ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lishi, vatanparvar insonlar bo‘lib kamol topishi, mamlakatimizda gerbimizga har bir yurtdoshimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi ezgu qadriyatga aylanganligini, O‘zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassamlashtirgan gerbimiz ona Vatanimizning betakror timsoli va uni eʼzozlash kerakligini, o‘z mamlakatining qadr-qimmatini bilgan har bir insonning muqaddas burchi ekanligini, davlatimiz gerbining ahamiyati va undagi timsollar to‘g‘risidagi tushunchalarni chuqur singdirishdi. Qolaversa, yoshlarga men jannatmakon yurt fuqarosiman, bag‘rikeng xalqning munosib farzandiman deb bilgan har bir inson gerbimizni, ona-vatanimiz kabi aziz va muqaddas deb eʼzozlashlari haqida taʼkidlab o‘tishdi.

Text to speech