Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 avgustdagi 5215-sonli «Etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda mamlakatimizda yoshlarga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanib, tomonlar o‘z Nizomlarida belgilangan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirilishini taʼminlashdan iboratdir.

Mazkur kelishuvga asosan tomonlar bolalarni tarbiyalashni amalga oshirilishi yuzasidan belgilangan vazifalarni taʼminlash, ularga sifatli taʼlim-tarbiya berish jarayonini takomillashtirish, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, barkamol avlod bo‘lib shakllanishiga ko‘maklashishda o‘zaro hamkorlik qiladi.

Shu bilan bir qatorda, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasini hududiy va respublika bosqichini muntazam tashkil etilishini yo‘lga qo‘yish borasida ham kelishib olindi.

Text to speech