YОSHLAR BILAN ISHLASHNI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA O‘QUV YIG‘INI TASHKIL ETILDI
Milliy gvardiya hududiy va qo‘riqlash boshqarmalari boshliqlarining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tarkibi bilan o‘quv yig‘ini tashkil etildi. O‘quv yig‘ini davomida ushbu yo‘nalishga masʼul bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlar yoshlar bilan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishdagi uslublar bilan yaqindan tanishish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan mehribonlik uylarida va “SOS” O‘zbekiston bolalar mahallalari maskanlarida bo‘lishdi. Uchrashuvlar jarayonida mutaxassislardan yoshlar bilan ishlashning zamonaviy uslublari, bolalar psixologiyasi hamda ularni qiziqarli mashg‘ulotlarga jalb etish borasidagi zaruriy tavsiyalarni olishdi. Shuningdek, o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlarida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning istiqbollari, Yoshlar ishlari agentligi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama markazida bo‘ldi. “Mehribonlik” bolalar muassasalari bilan ishlash, bolalar orasida tarbiyaviy mafkuraviy ishlarni amalga oshirish mexanizmlari haqida so‘z bordi. Bo‘lib o‘tgan 3 kunlik o‘quv yig‘ini mobaynida ishtirokchilar, taʼlim muassasalari va ot sporti maktablarida yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish va madaniy xordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar