YOSHLAR VA GLOBALLASHUV DAVRIDA MAFKURAVIY TAHDIDLAR MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Mafkuraviy tahdid o‘z mohiyatidan kelib chiqib, eng avvalo, inson ongiga, tafakkuri va xulq-atvoriga xavf-xatar solmoqda. Inson ongi va qalbini vayronkor hamda buzg‘unchi g‘oyalar bilan izdan chiqarishga harakat qilish mafkuraviy tahdidning eng asosiy mazmun-mohiyatini belgilaydi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tomonidan Mudofaa vazirligi safarbarlik chaqiruv rezervi batal'oni, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markaz bilan hamkorlikda "Yoshlar va bugungi kunda globallashuv davrida mafkuraviy tahdidlilar" mavzusida harbiy xizmatchilar, chaqiriluvchilar tayyorlash markazi kursantlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Ma'naviy-ma'rifiy tadbir so‘ngida savollarga javob berildi. Mazkur tadbir yuqori saviyada va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.