YОSHLARNI SPORTGA JALB QILISH YO‘LIDAGI HAMKORLIK
Jismoniy tarbiya va sport sohasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi muhim vazifalarni amalga oshirish hamda yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam tashkil etish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida joriy yilning 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i va O‘zbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assotsiatsiyasi Toshkent viloyati mutasaddi rahbarlari uchrashib, kelajakdagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zaro faoliyatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi fikrlar almashildi. Xususan, kelgusida viloyat miqyosida sport to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tashkil etiladigan sport musobaqa va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish hamda Milliy gvardiya tizimida xizmat qilish istagida bo‘lgan yosh sportchilar zaxirasini yaratish masalalari yuzasidan kelishib olindi.