YОSHLARNI BO‘Sh VAQTLARINI MAZMUNLI TASHKIL ETISHGA QARATILGAN TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA.
Milliy Gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Mudofaa vazirligi hamda IIV bilan hamkorlikda mahalla yoshlari uchun zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslaha va anjomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Toshkent harbiy okrugi MOQB, Sirdaryo viloyati IIB xodimlari, Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestrining mahalla ko‘chalari bo‘ylab tantanali yurishi bilan boshlandi.
Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan ayol harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi bo‘yicha sahnalashtirilgan chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Shu bilan bir qatorda, tadbirning badiiy qismida xushovoz xonandalar, baxshi va folklor jamoalarning chiqishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.