Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YОSHLARNING KAMONDAN OTISH SPORT TURIGA QIZIQISHI ORTIB BORMOQDA

Bugungi kunda Yurtimiz bo‘ylab sportning “Kamondan otish” turini rivojlantirish borasida samarali tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi va Kamondan otish federatsiyasi bilan hamkorlikda, Marg‘ilon shahridagi 1-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun sportning kamondan otish turi bo‘yicha tashkil etilgan yangi seksiya ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, malakali mutaxassislar tomonidan yoshlarni ushbu sport turi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, mahorat darslari ham o‘tkazildi. Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

O‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdilardan meros bo‘lib qolgan kamondan otish anʼanalari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, milliy sport turlarini ko‘paytirish, kamondan otish sport turi bo‘yicha milliy terma jamoamizning jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishini taʼminlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Text to speech