Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YOZGI TAʼTIL SAYOHATLARGA BOY BO‘LMOQDA

Ayni kunlarda Termiz shahrida joylashgan 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yozgi dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlarini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan maʼdaniy-maʼrifiy davra suhbatlari, uchrashuvlar, sayohatlar va sport tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, kuni kecha harbiylar hamrohligida bolajonlar Termiz tumanida joylashgan Al-Xakim At-Termiziy hamda Sherobod tumanidagi Abu Iso Muxammad At-Termiziy ziyoratgohlariga tashrif buyurib, tarixiy obidalar va maʼdaniy merosimiz haqida chuqur bilimga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, bolalarni ot sportiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ot chopar majmuasiga sayohat tashkil etildi. Unda yoshlarga otga minish va harakatlanish hamda mazkur sportning turlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi yoshlar maʼnaviyati va salohiyatini rivojlantirish hamda yozgi taʼtil vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech