YOZGI TAʼTIL SPORT BILAN
Yurtimizda yoshlarni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish, ularni istiqlol g‘oyalari hamda ona Vatanga sadoqat, milliy hamda umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida keng ko‘lamli ishlar ro‘yobga chiqarilmoqda.
Xususan, bolalarni yozgi dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lomlashtirish yo‘nalishida Milliy gvardiyaning hududiy bo‘linmalari tomonidan yangicha yondashuv joriy etilgan bo‘lib, ayni chog‘da xodimlar tomonidan yozgi oromgohlarda, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan "5 muhim tashabbus" doirasida maʼnaviy-maʼrifiy kechalar va sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Buxoro tumani hamda Peshko‘ tumani bo‘limi xodimlari tomonidan “Taligandum” va “Yoshlar” oromgohlarida tashkil etilgan ana shunday sport tadbirlar fikrimiz dalilidir.