Yozgi taʼtil vaqtida yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini tashkillashtirish maqsadida, Milliy gvardiya mintaqaviy o‘quv markazlarida mahalliy yoshlar bilan “Harbiy vatanparvarlik” oromgohlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Yozgi taʼtil vaqtida yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini tashkillashtirish maqsadida, Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida faoliyat yuritib kelayotgan Milliy gvardiya Mintaqaviy o‘quv markazlarida hududlardagi profilaktik hisobda turuvchi mahalliy yoshlar jalb qilingan holda “Harbiy vatanparvarlik” oromgohlari tashkil qilindi.
Mazkur oromgohlarda belgilangan kun tartibi asosida yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, Ot sporti, kamondan otish, funksional ko‘pkurash sport turlari bilan murabbiylar boshchiligida shug‘ullanishlari, shuningdek guruhlar o‘rtasida futbol, voleybol, shaxmat-shashka va armrestling kabi sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilingan.
Yoshlarimizning axborot maydonidagi turli xil maʼlumotlardan to‘g‘ri foydalana olishlari, xabar olish va tarqatishdagi huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan kinofilmlar namoyishi hamda ularning birgalikda gulxan atrofida vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni jo‘r bo‘lib kuylashlari o‘quv yig‘indan ko‘zlangan maqsad uchun muhim ahamiyat kasb etadi