YUKSAK MARRALARNI KO‘ZLAGAN YOSHLAR
Mamlakatimiz aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish, yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyatida Milliy gvardiya hamda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida, Qarshi shahridagi “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” binosida sportning erkin va yunon rum kurashi turi bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur tadbirga malakali mutaxassis va murabbiylar jalb etilgan holda yosh sportchilarga ushbu yo‘nalishning sir-asror va usullari o‘rgatilib, zaruriy ko‘nikmalar shakllantirildi.
Bu kabi mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi yoshlarimizning sport turlarini mukammal o‘zlashtirish orqali o‘zlariga bo‘lgan ishonchni ortishiga va yuksak marralar sari intilishlariga xizmat qiladi.