Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YUKSAK MUKOFOTLAR TOPSHIRILISHI DAVOM ETMOQDA

Respublikamiz bo‘ylab O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan soha xodimlarini taqdirlash davom etmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya tizimlarida o‘z burchiga sadoqat va namunali xizmat qilib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek,  birgalikda samarali xizmat olib borayotgan hamkor tashkilotlar vakillarini munosib taqdirlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev, Xalq taʼlimi vaziri o‘rinbosari V.Rajapov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi targ‘ibotchisi professor J.Shermuxammedova va shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlari qo‘l jangi, Kamondan otish federatsiya raisi o‘rinbosarlari, Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori, faxriylar hamda qo‘mondonlik shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Tantanali marosimda Milliy gvardiya qo‘mondoni tizimda o‘tgan qisqa davr mobaynida amalga oshirilgan tub islohotlar va ularning tahliliga to‘xtalar ekan, kelgusi 2022 yilda bu harakatlarni maksimal darajaga olib chiqish hamda oldinda turgan eng muhim va ustuvor vazifalardan biri- inson qadri tamoyili asosida xizmat olib borilishini yangi bosqichga ko‘tarish lozimligini alohida taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari Farmoni bilan, tizimda xizmat olib borayotgan 25 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarning davlat mukofotiga loyiq deb topilishi  hamda 15 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarga navbatdagi “polkovnik” harbiy (maxsus) unvonlari  taqdim etilganligi  barchaga yana-da shijoat va g‘ayrat bag‘ishladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan taʼsis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari hamda Milliy gvardiyaning I-II-III darajali “Namunali xizmatlari uchun”, “Maʼnaviyat aʼlochisi” ko‘krak nishonlari va shu qatorda, faxriy yorliq hamda esdalik qo‘l soatlari o‘z egalariga topshirildi.

Text to speech