YUKSAK HUQUQIY MADANIYAT — PORLOQ KELAJAK POYDEVORI!
Shiddatli davr islohotlari talablari asosida yangi qabul qilinayotgan qonunlar, farmon, qarorlar va boshqa huquqiy hujjatlar mazmuni va ulardagi o‘zgarishlar bilan harbiy xizmatchilarni muntazam xabardor etib borish maqsadida Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamda viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda muddatli harbiy xizmatchilar uchun huquqiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi kodekslari, “Amir Temur va Fransiya”, “Bolalar uchun yuridik ensiklopediya”, “Yoshlar uchun yuridik ensiklopediya” kabi qo‘llanma va bir qator huquqiy adabiyotlardan o‘rin egallagan mazkur ko‘rgazma muddatli harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini yana-da yuksalishiga xizmat qildi.