Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YUKSAK MARRALAR SARI SPORT BILAN

Ayni yoz kunlarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda ularni sportga oshno qilish maqsadida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan turli sport to‘garaklari tashkil etilgan.

Ayniqsa, ushbu to‘garaklarga malakali harbiy xizmatchilar hamda tizimda xizmat olib borayotgan sport ustalari ishtirok etib, yoshlarga mahorat darslarini o‘tishi yoshlar qalbida harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini jo etibgina qolmay, ularning ham kelgusida Milliy gvardiya tizimida xizmat qilishdek orzulariga qanot bo‘lmoqda.

Fikrimiz dalili sifatida, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Buxoro olimpiya zaxiralari sport kollejida kurash sport turi bo‘yicha faoliyati yo‘lga qo‘yilgan to‘garaklarning birini keltirib o‘tishimiz mumkin.

Taʼkidlash joizki, ushbu to‘garakda bugungi kunda 60 dan ziyod maktab yoshidagi hamda uyushmagan yigit-qizlarning muntazam ishtirok etib kelayotganligi, yoshlarning sog‘lom turmush tarzi tarafdori ekanliklarini yana bir bor amalda ko‘rsatmoqda.

Text to speech