Zamonaviy format — murojaatlarga tezkor yechim sari muhim qadam.
Bugun Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B. Tashmatovning sayyor qabuli zamonaviy formatda boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan onlayn ishtirok etgan fuqarolar hamda harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topishdi.
Eng muhimi, murojaatchilar qabulda ishtirok etish uchun uzoq masofani bosib oʻtishiga hojat qolmadi. Bu esa vaqtni tejash, ortiqcha ovoragarchilikning oldini olish va aholi bilan muloqotni yanada samarali tashkil etish imkonini berdi.
Har bir murojaat eʼtibor bilan tinglanib, masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.