Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan shaxs ushlandi.

Joriy yilning 23 may kuni ertalab soat taxminan 6.10 larda Xiva shahar “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari biriktirilgan “Ichan-Qalʼa” davlat tarixiy-meʼmorchilik muzeyi hududini aylanib o‘tayotganda, sumka ko‘targan yigitga eʼtibor berishdi. Xodimlarni ko‘rgan fuqaro sarosimaga tushib, yashirinishga uringan,biroq tezkor harakatlar tufayli qo‘lga olingan.

Shubhali shaxsning sumkasi ko‘zdan kechirilganda,uning ichidan bir nechta qo‘lda yasalgan zargarlik buyumlari topilgan. Keyinchalik buyumlar majmuadagi do‘konlardan birining egasiga tegishli ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzar Xiva shahrida yashovchi, 29 yoshli J.B. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha tergov ishlari Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech