Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Davlatimiz Rahbarining 2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan bugungi kunda Milliy gvardiya tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, yoshlarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazining  tashkil etilishi ham bu boradagi ishlarning mantiqiy davomidir.

  Ushbu majmua qoshida faoliyat yuritib kelayotgan Milliy gvardiya “Bolalar psixologiyasi markazi”ning  tajribali psixologlari tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, yetim va qarovsiz qolgan, imkoniyati cheklangan bolalar, Mehribonlik uylarining sobiq va hozirgi tarbiyalanuvchilari, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, shuningdek, patronatga olingan bolalar va ularning ota-onalariga psixologik xizmat ko‘rsatib kelinayotgani muhim ahamiyat kasb  etmoqda.

 Bugungi kunda Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida 470 dan ortiq maʼnaviy -maʼrifiy hamda sport tadbirlari o‘tkazilib ularda 55 000 ga yaqin o‘g‘il qizlar qamrab olingan. Hozirda 1000 dan ortiq bolajonlar ushbu markazdagi 15 ga yaqin fan va sport to‘garaklarining muntazam aʼzosiga aylanishgan. Shu jumladan, respublika bo‘ylab Milliy gvardiyaning hududiy bo‘linmalarida  ham bu kabi ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Ayni damda Milliy gvardiya hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memorandumining imzolanishi ham kelgusida ushbu yo‘nalishdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish va sifat darajasini yangi bosqichga olib chiqilishi maqsad  qilib olingan. 

Shu munosabat bilan Milliy gvardiya Markaziy devoni muzokaralar o‘tkazish zalida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari O.Xasanov hamda har ikkala tashkilot masʼul rahbarlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda dastlab, qo‘mondonning tizimdagi maʼnaviy maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼruzasi tinglandi. Unda, mazkur imzolanayotgan memorandum bir qator yo‘nalishlarni o‘zida mujassam qilib, tomonlarning o‘zaro hamkorlikda mamlakatimiz yoshlari bilan bir qatorda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy salohiyatini doimiy ravishda yuksaltirib borish orqali har qanday g‘oyaviy tahdidlarga qarshi mustahkam “mafkuraviy immunitetini” shakllantirishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Shu bilan birga, qo‘mondon tomonidan ushbu memorandum doirasida Yangi O‘zbekistonimiz kelajagi bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilmiy asoslangan yangicha yondashuvdagi tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish va amaliyotga tatbiq etish hamda uning ijrosi qatʼiy nazoratga olinishi zarurligi taʼkidlandi. 

Shundan so‘ng, so‘z olgan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari shu kunga qadar Milliy gvardiyaning markaz bilan hamkorlikdagi  ishlari, yutuqlari, natijalariga alohida to‘xtalib, xususan, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazining nafaqat harbiy xizmatchi, xodimlarga, balki poytaxtimiz aholisiga eshiklari ochiq ekanligini va ayniqsa yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratib berilganligini guvoxi bo‘lganligini, shuningdek  mazkur binoning har bir qavatidagi o‘ziga hos vatanparvarlik tuyg‘usini aks ettiruvchi yondashuvlarga tayanib jihozlanganligini namuna sifatida ko‘rsatish mumkinligi faxr bilan tilga oldi.    

Tadbir davomida mazkur yo‘nalishdagi yechimini kutayotgan bir qator muammoli masalalar ham muhokama qilinib, kelgusida hamkorlikdagi istiqbolli chora-tadbirlar amalga oshirilishi, maktablarda o‘quvchi yoshlarning tarbiyasi hamda hozirda faoliyat yuritayotgan inspektor-psixologlarning ayni yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha har ikkala tomon mutasaddi rahbarlarining fikr-mulohazalari tinglandi.  

Haqiqatdan ham ushbu memorandum jarayoni oldingi memorandumlardan tubdan farq qilib, tomonlar o‘rtasida muhokama qilingan har bir masala ijobiy yechimini topishi uchun aniq yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yo‘l xarita va reja asosida manzilli ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi. Ijro muddatiga alohida eʼtibor qaratilib, tegishliligi bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

  Yuqori saviyada tashkillashtirilgan tadbir so‘ngida rahbarlar tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi va esdalik uchun suratga tushishdi.

Text to speech