Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbek bokschilari Tokioga yo‘l olishdi

Joriy yilning 4 iyul kuni O‘zbekiston boks terma jamoasi Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiada musobaqalarida ishtirok etish uchun Tokioga yo‘l oldi.

Mazkur musobaqada qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschilar anʼanaga ko‘ra, tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonov boshchiligida Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazishadi.

Shu munosabat bilan, Milliy gvardiya, Milliy olimpiya qo‘mitasi va Boks federatsiyasi mutasaddi rahbarlari I. Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Elshod Rasulov murabbiyligida safdoshlarimizni kuzatar ekan, ularga samimiy tilaklar bildirib, nufuzli musobaqada faqat g‘oliblikni qo‘lga kiritishda yuksak ishonch bildirishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek bokschilari Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar: -52 kg vaznda Shahobiddin Zoirov, -57 kg vaznda Miraziz Mirzaxalilov, -63 kg vaznda Elnur Abduraimov, -69 kg vaznda Bobousmon Baturov, -75 kg vaznda Fanat Qahramonov, -81 kg vaznda Dilshod Ro‘zmetov, -91 kg vaznda Sanjar Tursunov, +91 kg vaznda Bahodir Jalolov.

Ayollar: -51 kg vaznda Tursunoy Rahimova, -60 kg vaznda Rayhona Qodirova, -69 kg vaznda Shahnoza Yunusova.

Terma jamoa safidagi bokschilarning 5 nafari Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ekanligi faxr-iftixor bag‘ishlaydi.

Maʼlumot uchun, Tokio Olimpiadasida boks bahslari 24 iyul kuni start oladi. Mazkur musobaqada barcha sportchilarimizga yana bir bor omad tilab qolamiz!

Text to speech