Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonun ishchi guruh yig‘ilishida qizg‘in muhokama qilindi

Bugun Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda senator, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, Qo‘mita huzuridagi ekspertlar guruhi aʼzolari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda boshqa bir qator vazirlik va idoralar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi xavfsizligini taʼminlash samaradorligini yana-da oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Dunyoda buzg‘unchi to‘dalar va qo‘poruvchi-terrorchi guruhlarning faollashuvi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, siyosiy va millatlararo ziddiyatlarning keskinlashib borayotgani har birimizni sergaklik va ogohlikka chorlaydi.

Zamonaviy geosiyosiy zaminda yangicha tendensiyalar paydo bo‘layotgan, integratsiya jarayonlari jadal kechayotgan bir vaqtda, dunyoning eng rivojlangan davlatlar chegara idoralari xam boshqa subyektlarning hamkorligisiz mamlakatning chegara xavfsizligini taʼminlay olmasligini eʼtirof etmoqda.

Shu bois, bugun muhokama qilingan yangi tahrirdagi Qonun bilan Vatanimiz sarhadlarini himoya qilishga masʼul bo‘lgan vazirlik va idoralarning o‘z vakolati doirasida belgilangan vazifalarni bajarishida yuzaga kelayotgan qator muammo va tushunmovchiliklarga barham berilib, ularning o‘zaro hamkorligi masalalari aniq belgilab qo‘yilmoqda.

Qonun 9 ta bob va 73 ta moddadan iborat.

Yig‘ilishda Qonun tashabbuskori ishchi guruh aʼzolariga Qonun nimaga xizmat qilishi, unga kiritilayotgan yangiliklar haqida batafsil axborot berdi. O‘z navbatida, vazirlik va idoralar muhokama qilinayotgan Qonun bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Muhokamada ishtirokchilar tomonidan qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar bugungi kunda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan xavf-xatarlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi xavfsizligini taʼminlash samaradorligini yana-da oshirish ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligi alohida qayd etildi.

Text to speech