Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31  yilligi munosabati bilan  Milliy gvardiya  markaziy devonida   tadbir bo‘lib o‘tdi

Mazkur tadbirni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha harbiy xizmatchi va xodimlarni hamda ularning oila aʼzolarini, tizim faxriylarini, shuningdek butun xalqimizni ulug‘ ayyom – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami” bilan tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.

Tarixan qisqa davr mobaynida jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgani va unda O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi muhim o‘rin tutgani alohida taʼkidlandi.

Qomusimizning asosiy prinsiplari umuminsoniy qadriyatlarga asoslanganligi va ularni hayotga tadqiq etishda Davlatimiz rahbari boshchiligida katta qadamlar qo‘yilgani alohida eʼtirof etildi. Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etishi va ularga munosib hayot sharoitini yaratishdagi barqaror iqtisodiyot, xavfsiz davlat, samarali boshqaruv va ijtimoiy kafolatlar yechimi mustahkam huquqiy poydevor bo‘lgan – O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida o‘z aksini topganiga alohida urg‘u berildi.

Bu islohotlar xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yana-da ortishiga xizmat qilsa, Milliy gvardiya xodimlari yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash bilan xalqimiz ishonchini oqlashi zarurligi taʼkidlandi.

Fikrimizning mantiqiy davomi sifatida Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘i o‘qib eshittirilib, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami” munosabati bilan tizimda fidokorona xizmatlari bilan safdoshlariga namuna ko‘rsatib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar munosib taqdirlandilar.

Shundan so‘ng sana munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkillashtirildi. Unda, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi Parlamenti axborot markazi va harbiy prokuratura mutasaddi rahbarlari, shuningdek tizim xodimlari, faxriylar va taʼlim muassasa o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Maʼruzachilar tomonidan jonajon O‘zbekistonimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risida berib o‘tgan keng tushunchalari, tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otib qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi va soha faxriylarining eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.

Text to speech