Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” va Harbiy-musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining tantanali vaʼdasiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi

Tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari, senator T.Madumarov, Toshkent shahar harbiy prokurori adliya polkovnigi O.Usarov, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi R.Abdullayev, faxriylar, ota-onalar va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirning ahamiyatli tomoni shundaki, Davlatimiz rahbarining 2023 yil 30 oktyabrdagi PQ-349-son qaroriga muvofiq bu yil Milliy gvardiya Temurbeklar maktabiga ilk bor qabul qilingan o‘quvchi-qizlar ham tantanali vaʼda berish marosimida ishtirok etishdi.

Yoshlarimiz o‘z ota-onalari va yaqinlari guvohligida qilgan tantanali vaʼdalari yuksak faxr va g‘urur ramzi ekanligini xis qilgan holda ushbu taʼlim muassasalarida harbiy libos kiygan holda o‘qishni davom ettirib, yetuk kadr bo‘lib shakllanishlari uchun qadam qo‘yishdi.

Tadbir davomida Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlarni tantanali vaʼda berganligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi, unda Prezidentimizning Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida iqtidorli va bilimli yoshlarga katta ishonch bildirayotganligini alohida taʼkidladi.

Shu o‘rinda “Yoshlar ham, bildirilgan yuksak ishonchni oqlab, mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida Milliy gvardiyaning “Burch, Sadoqat, Jasorat” shioriga sodiq qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi xalqiga va Prezidentiga sadoqat bilan xizmat qiladi!” deya alohida eʼtirof etildi.

Shuningdek, marosimda ishtirok etayotgan barcha mehmonlarga, avvalo farzandini Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilishga shay etib tarbiyalagan ota-onalarga, ularning maktabdagi ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.

O‘z navbatida, so‘zga chiqqan faxriy mehmonlar ham ko‘zlarida olov chaqnab turgan o‘g‘il-qizlarni tantanali vaʼdasi bilan qutlab, Yangi O‘zbekistonning ertangi istiqboli yosh avlod qo‘lida ekanligini yodga olgan holda safda turgan yoshlar zimmalaridagi burch hamda masʼuliyatni munosib oqlashlari uchun, Vatanimiz ravnaqi va farovonligi uchun sidqidildan bilim olishlari zarurligini taʼkidlashdi.

Shu bilan birga, mazkur muassasalarda Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan o‘qitishning yangi tizimi joriy etilishi natijasida bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etganligi, xususan 159 nafar bitiruvchilardan 155 nafarining oliy taʼlim muassasiga qabul qilinganligi alohida eʼtirof etildi.

Ota-onalar nomidan so‘z olganlar esa davlatimiz tomonidan yoshlar taʼlim-tarbiyasi, ularning kelajak maqsadi va istiqboli yo‘lida yaratib berilayotgan ulkan imkoniyatlarni eʼtirof etishib yurtboshimizga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

Marosimning badiiy qismida Milliy gvardiya harbiy musiqa akademik-litseyi o‘quvchilarining “Zarbli cholg‘ular ansambli”, harbiy orkestr jamoasi, shuningdek, Temurbeklar maktabi o‘quvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i o‘qib eshittirildi. Unga ko‘ra Milliy gvardiya tizimlarida yosh avlodga bilim berish va tarbiyalashda samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh professor-o‘qituvchi hamda murabbiylar munosib taqdirlandilar.

Text to speech