Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibining axloqiy-ruhiy taʼminotini takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari bilan uslubiy-amaliy o‘quv yig‘ini o‘tkazildi

Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi, Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamkorligida poytaxtimizdagi harbiy qismlar va Olmaliq shahrida joylashgan dala o‘quv poligonida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shaxsiy tarkibining axloqiy-ruhiy taʼminotini takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari bilan uslubiy-amaliy o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.

Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘rgazmali o‘quv yig‘ini Jamoat xavfsizligi universiteti bazasida ilmiy-amaliy konferensiya bilan boshlandi. Unda professorlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari hamda harbiy psixologlar o‘zlarining sohaga oid dolzarb maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Shundan so‘ng universitetda bunyod etilgan majmuaviy to‘siqlar yo‘lagida sunʼiy ravishda barpo etilgan turli to‘siqlardan o‘tish orqali shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy tayyorgarligini tashkillashtirish usullari o‘quv yig‘ini ishtirokchilariga havola etildi. Bundan tashqari dala sharoitida ruhiy yengillashtirish xonasini jihozlash va uning ishini tashkil etish tartibi haqida maʼlumot berildi. Maxsus taktik tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida sunʼiy ravishda jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni yaratish orqali jangovar vazifani oxirigacha bajarish ko‘nikmalari maxsus yo‘laklarda ko‘rgazmali tarzda bajarildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan o‘zlariga ishonch va qatʼiyatlilikni oshirish uchun xizmat qiladigan jangovar hayqiriqlari eshittirildi. Bundan tashqari o‘q otish tayyorgarligi mashg‘ulotlari jarayonida sunʼiy ravishda jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni yaratish orqali shaxsiy tarkibning dushmanga qarshi muvaffaqiyatli qarshi turish, bilim, ko‘nikma va malaka, jangovar mahorati va o‘ziga ishonchi namoyish etildi. Ilmiy-innovatsion va ratsionalizatorlik ishlanmalar ko‘rgazmasi ham tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. O‘quv yig‘ini Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida davom ettirildi. Harbiy qism hududida axloqi-ruhiy taʼminotni tashkillashtirish va shaxsiy tarkibni jangovar ruhini oshirishga qaratilgan maʼnaviyat maydonchalari harbiy xizmatchilarni o‘ziga jalb etdi. Tarix va adabiyotni o‘zida gavdalantirgan ko‘rgazmali chiqishlar orqali ruhiy holatni tiklashga qaratilgan tadbirlar barchaga birdek manzur bo‘ldi. O‘quv-yig‘ining ikkinchi kuni Mudofaa vazirligiga qarashli olmaliq dala o‘quv poligonida bo‘lib o‘tdi.

Jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari davomida harbiy xizmatchilarni ekstremal vaziyatdagi harakatlarga axloqiy-ruhiy tayyorlashning usul va vositalari tushuntirilib, ruhiy zo‘riqishni yechishga qaratilgan “Psixologik treninglar” ko‘rgazmali tarzda amalga oshirildi. O‘quv-yig‘ini yakunlari bo‘yicha mazkur hamkorlikdagi tadbirlarni har chorakda o‘tkazishga kelishib olindi. Tadbir so‘ngida harbiy xizmatchilar dala-o‘quv poligoni hududiga ezgu niyatlar bilan mevali daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Text to speech