Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni  general-mayor R.Djurayevning «1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» bayrami munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli ustoz va murabbiylar! Qadrli faxriylar!

Inson hayoti va taqdiri, jamiyat va davlat taraqqiyoti, mamlakat qudrati va millat buyukligining beqiyos kuchi – ilm-fan, taʼlim va tarbiya bo‘lib, bunda ustoz va murabbiylar alohida hurmat va ehtiromga loyiqdirlar.

Milliy tariximizning barcha davrlarida Sizlar kabi fidoyi o‘qituvchi va muallimlar eʼzozlab kelingan. Yangi O‘zbekistonni barpo etishda ham eng asosiy tayanch va suyanch aynan Siz, ustoz va murabbiylar bo‘lasiz.

Avvalo, barchangizni, sizlarning timsolingizda o‘z hayotini shunday mashaqqatli va sharafli ishga bag‘ishlagan barcha pedagoglarimizni 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan bilan samimiy tabriklayman!

Muhtaram Prezidentimiz, Shavkat Miromonovich Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, muallimning obro‘-eʼtibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-eʼtiboridir.

Keyingi yillarda mamlakatimizda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni va taʼsiri sezilarli darajada kuchaytirilib, ayniqsa, yangilangan konstitutsiyamizning 52-moddasida “...o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi” sifatida eʼtirof etildi.

Atoqli jadid namoyandasi Abdulla Avloniy “Ilm dunyoning izzati, inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidirlar”, - deya taʼkidlab jamiyatda ilm-fanni rivojlantirish hayot-mamot masalasi ekanligini alohida eʼtirof etgan.

 Hozirgi zamonda ham barcha jabhalarda ilm, bilim va salohiyat hayotiy zaruriyat hisoblanib, mamlakat faqatgina shu asosda taraqqiyotga erishishi, aynan ilm-fan va taʼlim kuchi bilan obro‘-eʼtibor topishi isbot talab qilmaydigan voqeʼlikdir.

Muhtaram ustoz va murabbiylar!

Fursatdan foydalanib, Milliy gvardiya tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan, Vatan va xalq manfaatlarini qatʼiy himoya qila oladigan hamda zamonaviy, keng fikrlaydigan isteʼdodli kadrlarni yetkazib berishda o‘z xissasini qo‘shib kelayotgan barcha ustoz va murabbiylarni ushbu qutlug‘ kun bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda omad va zafarlar tilayman.

Text to speech