Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

“O‘ZBEKISTONDA ETNOSPORTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI.  

   Joriy yilning 8 oktyabr kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan mazkur xalqaro konferensiya “O‘zbekistonni etnosport va milliy qadriyatlar orqali kashf eting!” shiori ostida o‘tkazildi.

    Xalqaro konferensiya davomida O‘zbekistonda madaniy meroslarimizni asrash, milliy qadriyatlarimiz va urf odatlarimiz bo‘lgan milliy sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan muhim tashabbuslardan biri ekanligi taʼkidlanib,  bu sohadagi ishlar bugungi kunda yangi bosqichga olib chiqilayotganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

     O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov va Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi janob Bilol Erdog‘an  o‘rtasida O‘zbekiston Milliy etnosport uyushmasini tuzish va tashkil etish to‘g‘risidagi rasmiy kelishuv imzolandi va uning yangi rahbari Oybek Norinbayev tanishtirib o‘tildi.

     Konferensiya davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni-O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi raisi R.Djurayev so‘zga chiqib barcha konferensiya ishtirokchilarini O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasining ochilishi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.  

      Bugungi kunda Turkiya Respublikasi bilan milliy kamondan otish bo‘yicha  yo‘lga qo‘yilgan yaqin hamkorlik,  mamlakatimizda etnosport turlaridan biri bo‘lgan Kamondan otish sportini yana-da rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlanib, hozirda yurtimizda yoshlarni sportga jalb etish, ayniqsa, kamondan otish sport turini ommalashtirish yuzasidan keng qamrovli ishlar olib borilayotganligi, xususan 2021 yilning 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Kamondan otish sport turini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  Qarori imzolanganligiga alohida urg‘u berildi.

    Ushbu qarorda iqtidorli sportchilarni saralash, buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Bobur Mirzo, Jaloliddin Manguberdilardan meros bo‘lgan kamondan otish anʼanalarini avlodlarga yetkazish, milliy sport turlarini ko‘paytirish, milliy terma jamoamizni Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida munosib ishtirokini taʼminlash borasida taraqqiyot yo‘nalishlari belgilab olinganligi maʼlum qilindi.

      Xususan, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi bilan hamkorlikni yana-da kuchaytirgan holda har ikki yilda Xorazm viloyatidagi Ichan qalʼa tarixiy majmuasida etnosport festivalini o‘tkazish, respublikamizning barcha hududlarida kamondan otish klublari va jamoalarini tashkil etish, Milliy hamda professional kamondan otish sport turi bo‘yicha moddiy-texnik bazasini rivojlantirish asosiy vazifalardan biri ekanligi aytib o‘tildi.

    Milliy gvardiya qo‘mondoni, bugungi kunda respublikamiz bo‘ylab sportning kamondan otish turi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan havaskor yoshlarning soni juda ko‘pligi haqida taʼkidlab, qisqa vaqt ichida mamlakatimizda etnosportning yo‘nalishi bo‘lgan kamondan otish sport turini rivojlanishiga va yangi bosqichga ko‘tarilishiga, shuningdek O‘zbekiston kamonchilari xalqaro arenalarda yuqori natijalarni ko‘rsatishlariga ishonch bildirdi.

Shundan so‘ng, ushbu sohani targ‘ib qilishga qaratilgan qisqa videorolik konferensiya ishtirokchilari eʼtiboriga havola qilindi.

Text to speech