Jamoat xavfsizligi universitetida“Tarix bilimdoni” tanlovining Milliy gvardiya bosqichi boʼlib oʼtdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati negizida ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan sogʼlom, hech kimdan kam boʼlmasdan, boshini baland koʼtarib yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun masʼuliyatni oʼz zimmasiga olishga qodir boʼlgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ustuvor maqsad mujassam. Xususan, joriy yilning 12 sentyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar va xodimlar oʼrtasida tashkil etilgan “Tarix bilimdoni” tanlovining Milliy gvardiya bosqichi ham amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yana bir yorqin isbotidir. Qizgʼin oʼtgan tanlovda ishtirokchilar “Blits”, “Test savollari” hamda “Suratdagi tarix” shartlari boʼyicha oʼzaro bellashdilar
va tanlov natijalariga koʼra gʼoliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʼalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, tadbir davomida kursantlar tarkibidan iborat “Yosh teatrchilar” va “Аlvon beretlar” badiiy jamoalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga alohida zavq bagʼishladi.