Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

JAMOAT JOYLARIDA TINCHLIKNI SAQLASHGA DOIR MAVZULARDA O‘QUV AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI.

Milliy gvardiya qo‘mondonligi ishtirokida Jamoat joylarida tinchlikni saqlashga doir mavzularda video-selektor tarzidagi o‘quv amaliy semenar o‘tkazildi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik A.Sormonkulov raisligida o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotda Markaziy devon hamda hududiy boshqarma boshliqlari, jamoat tartibini saqlash uchun masʼul bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlar, shuningdek Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev ko‘rsatmasiga asosan Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari hamda mutaxassislar tomonidan Qo‘qon shahri misolida “Obod va xavfsiz mahalla”, “Bozorlar va savdo komplekslari hududida xavfsizlikni taʼminlash”, “Istirohat bog‘lari va xiyobonlarda jamoat xavfsizligini taʼminlash” mavzusidagi ilmiy yondashuvga asoslanib tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv qo‘llanmalar mutaxassislar tomonidan Qo‘qon shahri hududini o‘rganish davomida tayyorlanganligi taʼkidlanib, mazmun mohiyati Jamoat xavfsizligi universiteti professori D.Mirazov tomonidan shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Seminar yakunida jamoat xavfsizligini taʼminlashning amaldagi tizimi tahlil qilinib, mavjud yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish va tayyorlangan O‘quv qo‘llanmalar asosida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, rahbarlarning roli, masʼuliyati va majburiyati hamda Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarining ushbu yo‘nalishdagi vazifalari qayta ko‘rib chiqilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Text to speech