Jinoyatchilikni oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov hamda shaxsiy tarkib ishtirokida “Qo‘riqlash” sohasida so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilgan ishlar tahlili, jinoyatchilikni oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida masʼul rahbarlar tomonidan bugungi kunda keng tarqalgan huquqbuzarliklar haqida to‘xtalib o‘tildi va barcha ogohlikka chaqirildi. Shu bilan bir qatorda, harbiy xizmatchi va xodimlarning maʼnaviy olamini yuksaltirish, ularda yuksak anʼanalarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, huquqiy savodxonligi, bilim va ko‘nikmalarni yana-da oshirish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O‘tkazilayotgan bu kabi davra suhbatlari chin maʼnoda tadbir ishtirokchilariga turli zararli illatlarning oldini olish borasida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lishlari hamda xizmat faoliyatlarini yana-da samarali olib borishlari uchun keng zamin yaratmoqda.