Jizzax viloyatida “Xalq bilan armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va hamkor tashkilot vakillari bilan birga Yangiobod tumanida “Xalq bilan armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri hamda yoshlar o‘rtasida kamondan otish musobaqasi tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar vatanparvarlik har bir davlat hayotining maʼnaviy asosi hisoblanishini va u jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch ekanligini, shuning uchun ham fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo‘lgan zararli taʼsirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishda Vatanimiz taqdiri uchun masʼuliyat tuyg‘usi oshirishga bag‘ishlangan bu kabi vatanparvarlik tadbirlarimiz fuqarolarimiz va yoshlar uchun alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini eʼtirof etishdi.