Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

JONKUYAR OTA-ONA VA O‘QITUVCHILAR XIZMATLARI EʼTIROF ETILDI

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. Shu bois, maktablarda yangicha yondashuv bilan faoliyat olib borayotgan fidokor va jonkuyar ustozlarning xizmatlari munosib rag‘batlantirib kelinmoqda.

O‘quvchilarning darslarga qatnashish ko‘rsatkichlarini yaxshilashda Milliy gvardiya xodimlariga munosib ko‘makchi va hamkor vazifasini bajarib kelayotgan Yangiqo‘rg‘on tumani XTBga qarashli 10-sonli umumtaʼlim maktabining faol o‘qituvchilarining xizmatlari alohida eʼtiroflidir.

Milliy gvardiya Yangiqo‘rg‘on tumani Qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i ushbu taʼlim maskaniga tashrif buyurib, barcha o‘qituvchi va ota-onalarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Darslarga muntazam qatnashib tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga hamda faol o‘qituvchilarining xizmatlari alohida eʼtirof etilib tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech