Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Joriy yilning o‘tgan olti oylik davri sarhisobi hamda ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev raisligida   2025 yilning o‘tgan olti oy davomida tizimda amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan video-selektor tarzidagi Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda    Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosarlari, tarkibiy va hududiy boshqarma boshliqlari, taʼlim muassasa va harbiy qism komandirlari, shuningdek taklif qilingan sohaga oid masʼul rahbarlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni kirish so‘zida,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan  joriy yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan  Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda mazkur vazifalarning amaliy ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan va davom ettirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

 O‘tgan olti oyning birinchi choragi mobaynida tizim oldiga qo‘yilgan  vazifalardan biri, Yurtboshimizning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori talablarining amaliy  ijrosi yuzasidan hududlarda qilingan ishlar va ularning natijalari hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ayrim viloyatlar  misolida ko‘rsatib o‘tildi.

  Kun tartibiga kiritilgan asosiy yo‘nalishlardan bo‘lgan,  Milliy gvardiya tomonidan respublikamiz bo‘ylab jamoat tartibini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda bo‘linmalarimizda shaxsiy tarkib orasida harbiy intizom va qonunchilikni mustahkamlash, shuningdek yuklatilgan jangovar vazifalarni bajarish, jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlashda xizmat itlarining tayyorgarligi  kabi muhim masalalar tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqildi.     

Qo‘mondon tomonidan yuqorida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan shaxsiy tarkibning qatʼiy intizomi, harbiy burch va xizmat majburiyatlarini bajarishlarida komandirlarning shaxsiy namuna bo‘lishlari, shuningdek barcha rahbar va harbiy xizmatchilarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish, xizmat jarayonlarini tanqidiy tahlil qilishni kundalik meʼyorga aylantirish borasida, aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, kelgusida tizim oldida turgan muhim vazifalar va ularni amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar hamda Milliy gvardiya boshqaruv organi va bo‘linmalarining 2025/2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar rejasining amaliy ijrosi to‘liq taʼminlanishi va qatʼiy nazoratga olinishi yuzasidan tegishliligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Text to speech