Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI BILAN ISTIQBOLLI HAMKORLIK YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev hamda Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Said Matar al-Kamzi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i va Milliy gvardiya Markaziy devonining boshqa masʼul rahbarlari ishtirok etishdi.

Maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish masalalarini muhokama qilish.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Birlashgan Arab Amirliklarining O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi Rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining asosiy vazifa va funksiyalari bilan tanishtirdi.

O‘z navbatida, janob Said Matar al-Kamzi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida jamoat tartibini saqlash, ichki xavfsizlik va muhim davlat obyektlarini qo‘riqlash sohasida hamkorlikni o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va BAA Politsiya Akademiyasi o‘rtasida harbiy taʼlim sohasida hamkorlikni ishlab chiqishga kelishib olishdi.

Uchrashuv do‘stona muhitda, konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.

Text to speech