Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

QOZOG‘ISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI DELEGATSIYASI O‘ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURDI

Joriy yilning 18 aprel kuni O‘zbekiston tomonining taklifiga binoan, Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi Oliy Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari general-mayor A.Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya poytaxtimizga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro fikr almashdi, shu bilan bir qatorda, ikki tomonlama hamkorlikning holati va yaqin kelajakdagi amaliy hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Qozog‘iston delegatsiyasi tashrif dasturiga muvofiq ular Toshkentdagi "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyi, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasining o‘quv markazi va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bo‘ldi.

Taʼlim muassasalariga tashrif davomida mehmonlar taʼlim tizimi, Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining tashrifi do‘stona ruhda o‘tmoqda.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech