Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qozog‘iston Respublikasidan tashrif buyurgan hamkasblar bilan tizimli amaliy hamkorlik

Harbiy hamkorlik rejasi doirasida 29-31 may kunlari Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, general-mayor J.Omarqulov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ldilar.

Delegatsiya aʼzolarini Milliy gvardiya Markaziy devonida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev qabul qildi.

Tomonlar bir-birini qutlab, xizmat va jangovar faoliyatning barcha sohalarida, shuningdek, moddiy-texnik taʼminot sohasida ham amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Bolalar psixologiyasi markazi, Axborot xizmati binosi hamda “Qo‘riqlash” Bosh boshqarmasining bo‘linmalarida bo‘lishdi.

Mehmonlar tomonidan obyektlarda yaratilgan sharoitlar, infratuzilma va moddiy-texnik jihozlar darajasi yuqori baholandi.

Shu bilan birga, kadrlarni tayyorlash, obyektlarni muhofaza qilish va moddiy-texnika taʼminoti sohasida o‘zaro tajriba almashish hamda hamkorlikni mustahkamlashga oid qator masalalar muhokama qilindi.

Tashrif o‘zaro hurmat va konstruktiv muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi.

Text to speech