Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MDH davlatlari IIV hamda Milliy gvardiyalari Faxriylar kengashlari rahbarlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi

18 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashabbusi bilan ilk bora Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining Milliy gvardiya, Ichki qo‘shinlar hamda huquq-tartibot organlari Faxriylar kengashlari raislari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning faxriy mehmonlari isteʼfodagi general-leytenant P. Rovenskiy (Rossiya Federatsiyasi), isteʼfodagi general-mayor A. Alimxo‘jayev (Qirg‘iziston Respublikasi), isteʼfodagi polkovnik M. Jantemirov (Qozog‘iston Respublikasi), T. Davlatov (Tojikiston Respublikasi), isteʼfodagi militsiya polkovnigi V. Potapovich (Belarus Respublikasi) bo‘lishdi.

Tashrif G‘alaba bog‘idagi tantanali tadbir bilan boshlanib, unda mehmonlar “Matonat madhiyasi” yodgorligiga gulchambar qo‘yishdi, shuningdek "Shon-sharaf muzeyi"ning tarixiy eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida tashkil etilgan konferensiyada hamdo‘st davlatlar faxriylari faxriylar kengashi tashkilotlarining vazifalari, shuningdek shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni o‘tkazish, yosh harbiy xizmatchi va xodimlarga harbiy jamoaning bilim va anʼanalarini yetkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari kursantlar ishtirokida uch avlod uchrashuvi samimiy va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida faxriylar Milliy gvardiya, Ichki qo‘shinlar va Ichki ishlar vazirligi saflarida xizmat qilganliklari haqidagi xotiralar bilan o‘rtoqlashib, kursantlar tanlagan kasblarining muhim jihatlari, shuningdek o‘z hayotini harbiy va huquq-tartibot sohasi bilan bog‘lashni istagan inson qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerakligi haqida so‘zlab berishdi.

Tashrif dasturi doirasida Milliy gvardiya Markaziy apparatida Faxriylar kengashlari rahbarlari Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev bilan uchrashdilar.

Qo‘mondon faxriylarni qutlar ekan, taklifnomalarni qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirib, bunday uchrashuvlarni o‘tkazishning dolzarbligiga eʼtibor qaratdi va so‘nggi yillarda hamdo‘st davlatlar idoralari o‘rtasida mustahkam ishonchli munosabatlar rivojlangani, bu esa konstruktiv muloqot va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikning holati va istiqbollari (veb-saytga havola), qo‘shma tadbirlar, o‘quv seminarlar, treninglar va amaliy mashg‘ulotlar haqida maʼlumot berdi.

Jangovar va maxsus tayyorgarlik, jamoat xavfsizligi, qo‘riqlash faoliyati va kinologiya, shuningdek, oliy harbiy taʼlim sohasidagi hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi.

Suhbat davomida qo‘mondon Qurolli kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining bo‘lajak harbiy xizmatchilari va xodimlarini harbiy vatanparvarlik va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash muhimligini taʼkidladi.

To‘plangan tajribani yosh avlodga yetkazish, vatanparvarlikni mustahkamlash va yangi avlod ofitser va askarlarini tarbiyalashga katta hissa qo‘shgan faxriylar harakatining roliga alohida eʼtibor qaratildi.

Tashrif dasturiga ko‘ra mehmonlar "Temurbeklar Maktabi" harbiy akademik litseyi, Milliy gvardiya va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmasi muzeylari, Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Axborot xizmati va Bolalar psixologiyasi markazida ham bo‘lishdi.

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimini sifatli o‘zgartirish, shaxsiy tarkibni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayonini takomillashtirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar ko‘lami mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

 

MG Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech