Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

XALQARO HAMKORLIKNING YАNGI YO‘NALISHLARI BELGILANDI

Milliy gvardiyada doimiy ravishda xorijiy hamkorlar geografiyasini kengaytirish, o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 23 sentyabr' kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djuraev va AQShning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general J. Boylz bilan onlayn formatda bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida okeanorti mamlakati Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va o‘zaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar xususida fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari barcha sohalarda kengayib borayotganligi, mamlakatlarimiz harbiy va huquqni muhofaza qilish sohalarida yaqindan hamkorlik qilib ketayotganligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar 2022 yilda amaliy hamkorlikni kengaytirishga va qator qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Uchrashuv do‘stona va ishchan muloqot ruhida o‘tdi.

Milliy gvardiya Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech